19:38 / 25.01.2017
9 194

Lola Yo‘ldosheva: “Erkak kishiga bo‘lgan muhabbat ayolning o‘ziga bo‘lgan muhabbatidan boshlanadi”

Lola Yo‘ldosheva: “Erkak kishiga bo‘lgan muhabbat ayolning o‘ziga bo‘lgan muhabbatidan boshlanadi”

Bir necha kundan buyon xonanda Lola Yo‘ldoshevaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shaxsiy hayotiga oid qiziq ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Lolaning qallag‘i Moskvada yashaydi. Buni uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan suratlaridan, izohlaridan ham bilish mumkin, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Biroz avval, Lola Instagram’dagi sahifasida navbatdagi izohni qoldirdi. Uning bu galgi fikrlari ham baxt haqida bo‘ldi.

“Qizlar, erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlar haqida qisqacha yozmoqchiman...

Insondagi tashqi ko‘rinish, aql, yosh, ijtimoiy hayotdagi o‘rni, xaraterdagi jihatlar – aslida ikkinchi darajali omillar. Erkaklarni ayolning o‘ziga va shaxsiy hayotiga bo‘lgan muhabbati jalb qiladi.

Ayolning o‘zidan ko‘ngli to‘lishi ham oson ish emas. Ammo shunday yo‘lni tuta olgan ayol kuchli ohanraboga aylanadi. Haqiqiy va chuqur muhabbat insonning o‘zidagi hamma narsadan ko‘ngli to‘lishidan boshlanadi. Shundagina ayolda eng yuqori nuqtada erkak kishiga bo‘lgan muhabbat tug‘iladi va ayol o‘zini unga hadya eta oladi.

Haqiqiy ayol erkakka aqli, chiroyi, vujudi, omadini emas, chuqur hissiyotlarni taqdim etadi. Diqqat, eng asosiysi, erkak kishiga bo‘lgan muhabbat ayolning o‘ziga bo‘lgan muhabbatidan boshlanadi.

Aziz ayollar, o‘zingiz bilan ishqiy kechinmalarni boshdan kechirmaguningizga qadar, har qanday erkak siz uchun o‘zingizni qabul qila olmayotganingiz, yolg‘iz qolib ketishingiz mumkinligi borasidagi qo‘rquvni engishga, ichki holatingizni tushuntiruvchi ruhshunosga aylanadi, xolos.

Ha, yana bir narsa, hech qachon “ularning hammasi...” qabilidagi gapni ishlatmang.

Erkaklarning hammasi har xil. Har bir ayol o‘zi uchun o‘z olamini yaratadi va uning dunyosiga o‘ziga mos bo‘lgan qarama-qarshi jins vakillarini jalb qiladi.

Barchangizga muhabbat, totuvlik tilayman, xayrli tun”, deyiladi postda.

Sevgi va muhabbat borasida ayollarga maslahat berib charchamayotgan Lola Yo‘ldosheva tez orada ijtimoiy tarmoqlar orqali turmush chiqayotgani haqida xabar bersa, ajab emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Lola Yo‘ldosheva: “Erkak kishiga bo‘lgan muhabbat ayolning o‘ziga bo‘lgan muhabbatidan boshlanadi”