00:01 / 04.04.2017
12 258

Qirol bo‘lish uchun tug‘ilgan: Gay Richi suratga olgan «Qirol Artur qilichi»ning so‘nggi treyleri chiqdi

Qirol bo‘lish uchun tug‘ilgan: Gay Richi suratga olgan «Qirol Artur qilichi»ning so‘nggi treyleri chiqdi
Warner Bros. studiyasi rejissyor Gay Richi tomonidan suratga olingan «Qirol Arturning qilichi» filmi so‘nggi treylerini chiqardi. Kartina premerasi 2017 yil 11 mayga rejalashtirilgan, deb yozadi Daryo nashri.

Film ssenariysi qirol Artur haqidagi afsonalar asosida yozilgan. Uning syujeti Londinium (Londonning qadimiy nomi)da istiqomat qiluvchi Artur ismli ko‘cha jangchisi atrofida kechadi. Yosh Artur Ekskalibur qilichini topib, qarshilik harakatiga qo‘shiladi va zolim hukmdor Vortigernni ag‘darishga urinadi.

«Qirol Arturning qilichi»da bosh rollarni Jud Lou, Charli Xannem va Eydan Gillen ijro etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qirol bo‘lish uchun tug‘ilgan: Gay Richi suratga olgan «Qirol Artur qilichi»ning so‘nggi treyleri chiqdi