Mashhur hind aktyori, Bollivudning 1970—1980 yillardagi yulduzi Vinod Kxanna Mumbayda olamdan o‘tdi. NDTV telekanalining ma’lum qilishicha, aktyor og‘ir kasallik tufayli 70 yoshida shahar kasalxonalaridan birida vafot etgan, deb yozadi «Daryo» nashri.
Kxanna aktyorlik faoliyatini 1970 yillarning boshida boshlagan va bir necha yil ichida Hindistonning sevimli aktyorlaridan biriga aylangan. Uning ishtirokidagi «Qalbim o‘g‘risi» (1976), «Amar, Akbar, Antoni» (1977), «Taqdir hukmdori» (1978), «Chandni» (1989) va boshqa filmlar o‘z davrida tomoshabinlarning sevimli kinosiga aylanib ulgurgan edi. Mahalliy matbuot uni «Bollivuddagi so‘nggi romantik aktyorlardan biri» deb atagan.
Shuningdek, Kxanna siyosatda ham faol ishtirok etgan — u «Hindiston xalq partiyasi» a’zosi bo‘lgan va parlament quyi palatasiga saylangan. Bundan tashqari, madaniyat va turizm vaziri bo‘lib, Tashqi ishlar vazirligida ham faoliyat yuritgan. Telekanalning qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda Kxanna kasalligi sabab aktyorlik va siyosiy faoliyatini yig‘ishtirishga majbur bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?