O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovadan ota-onalarga murojaat!

O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova ota-onalarni farzandlarini rus maktabiga berish oqibatlariga e’tibor qaratishga chaqirdi. U rus maktabida o‘qigan bola ruscha fikrlaydigan bo‘lib qolishi mumkinligini aytdi. Zokirova bunday jarayondan keyin bolaning o‘z holiga qaytishi qiyinligini, u o‘zbek adabiyotini bilmay, rus va jahon adabiyotini o‘rganishini ta’kidladi. Aktrisa o‘zbek adabiyotining yuksak darajasini qayd etib, uni bilmaslik katta yo‘qotish ekanini bildirdi.
O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova ota-onalarga murojaat qilib, bolasini rus maktabiga berish oqibatlariga e’tibor qaratdi. U intervyusida shunday deydi: “Ko‘plar bolalarini rus maktablarga beradi, ko‘plar xursand bo‘ladi, lekin bitta narsani unutayapsiz — bola ruscha fikrlaydigan bo‘lib qoladi”.
Gavhar Zokirova o‘z tajribasini eslab, “Boshimdan o‘tkazganman, bu jarayon qiyin ya’ni keyin bola yana o‘z holiga qaytishi. U o‘zimizning o‘zbek adabiyotini bilmaydi, rus va jahon adabiyotini o‘rganadi”, – deya ta’kidladi.
Aktrisa, shuningdek, o‘zbek adabiyotining yuqori darajadagi asarlari haqida gapirdi va ota-onalarga eslatdi: “Bizning adabiyotimiz g‘arb adabiyotidan yuksak deb bilaman. Bola buni bilmasligi esa katta yo‘qotishdir”.































Izohlar 0
…