date

Dilnoza Kubayeva rolni qanday qo‘lga kiritgan? “Kelgindi kelin” ortidagi sir

Dilnoza Kubayeva rolni qanday qo‘lga kiritgan? “Kelgindi kelin” ortidagi sir

Ssenarist Shoira G‘iyosova “Xush kelibsiz” loyihasida ishtirok etib, mashhur "Kelgindi kelin" filmiga oid kutilmagan sirni ochiqchasiga bayon qildi.

Uning aytishicha, 2006 yilda suratga olingan ushbu filmdagi bosh rol avvaliga boshqa aktrisa ijrosiga topshirilishi rejalashtirilgan. Xususan, Lola Yo‘ldasheva nomzodi ham jiddiy ko‘rib chiqilgan.

“Katta kasting bo‘lgan, juda ko‘p yosh aktrisalar kelgan. Ular orasida Dilnoza Kubayeva ham bor edi. Bir payt u jinsi shimda, sal to‘lishgan holda keldi. Men esa avvaliga bu obrazga to‘g‘ri kelmaydi, deb o‘ylagandim. Lekin rolni sinab ko‘rishga qaror qildik. Rostini aytsam, u birinchi dublning o‘zidayoq barchani hayratda qoldirdi. Shundan so‘ng, aynan shu qiz bu rolga eng munosib, degan qarorga keldik”, — deydi ssenarist.

Natijada taqdir va ijodiy tanlovlar sabab ushbu obraz aynan Dilnoza Kubayevaga nasib etdi.

Aynan shu qaror orqali bugungi kungacha tomoshabinlar sevib tomosha qiladigan, unutilmas va yorqin obraz yaratildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Dilnoza Kubayeva rolni qanday qo‘lga kiritgan? “Kelgindi kelin” ortidagi sir