O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaev o‘zining instagram sahifasida «Bemor» qo‘shig‘i bilan bog‘liq voqeani yozib qoldirdi.
«Siz suratda ko‘rib turgan Begzodjon Samarqandda yashaydi. U og‘ir kasal bo‘lib, Moskvagacha borib davolangan. Ancha vaqt komada bo‘lgan. Meni hayron koldirgani bu bola mening «Bemor» qo‘shig‘imni yaxshi ko‘rar va kasal bo‘lib komaga tushishdan avval juda ko‘p eshitar ekan… Moskvada komada yotganda oila-a’zolari «Yaxshi ko‘rgan qo‘shig‘i» deb, qulog‘iga naushnik taqib, «Bemor» deb nomlangan qo‘shig‘imni qo‘yishibdi! Shu tarzda bir necha kun ketma-ket shunday qilishibdi. Kutilmaganda bir kuni bola «Bemor»ni eshitib yotib, birdan ko‘zini ochibdi! Ko‘zlarini ochib, qo‘shiq so‘zlarini asta takrorlabdi! Hamma hayron qolibdi! Mana shu bola bilan meni bugun ko‘rishtirishdi!
To‘g‘risi, g‘alati bo‘lib ketdim hamda sanat yo‘lini tanlaganimga behisob shukur qildim! Chunki qo‘shig‘im bir insonni hayotga qaytarishda sababchi bo‘lganidan boshim osmonga etdi. Avvalambor, hammasi Allohdan ekanlngini ota-onasi, dadasi biladi va shukur aytdilar. Shunchaki bir qo‘shiq sababchi bo‘lganidan xursandman. Shukur … Sanatkor uchun bu holat cheksiz baxt ekan!!!»
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi