O‘zbek milliy estrada san’ati yana bir og‘ir judolikka yuz tutdi. Taniqli xonanda, ko‘plab qo‘shiqlari bilan muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan hofiz Hojiakbar Rahmatov kecha, 19 dekabr kuni to‘satdan vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berdi.
“Mehribon, dasturxoni ochiq, hayotni yaxshi ko‘radigan va yaxshi san’ati bor mehnatkash xonandamiz olamdan o‘tdi. Yaratganning ishlari shunday ekan. Men Hojiakbarning oila a’zolariga o‘z oilam nomidan chuqur ta’ziyamni bildiraman. Barcha san’atkorlar eshitib xafa bo‘ldik”, deb yozadi Erqulova.
Hojiakbar Rahmatov faoliyati davomida 50 dan ortiq qo‘shiqlar yaratgan. Garchi qo‘shiqlari ko‘p bo‘lmasa-da, uning qo‘shiqlarini tinglovchilar sevib eshitardi. Ayniqsa, 90-yillar o‘rtalarida Hojiakbar Rahmatovning ovozini O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubovnikiga o‘xshatgan, ikki ovozni bir-biridan ajrata olmaganlar ham bor.
Xonanda xalq orasida “Eshigingni bilmay ochdim” nomli qo‘shig‘i bilan mashhur edi.
1965 yilning 11 aprelida tavallud topgan xonanda 52 yoshida vafot etdi. Ma’lum qilinishicha, marhumga janoza bugun, 20 dekabr kuni peshin namozidan so‘ng hofizning Toshkent shahri, Chilonzor tumani Do‘mbirobod dahasidagi hovlisi yaqinidagi masjidda o‘qiladi.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiramiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi