Qo‘shiqchining Angliyada ham o‘z uyi borligi haqida Darakchi nashri xabar berdi.
Rianna va uning milliarder sevgilisi Hasan Jamil birgalikda ko‘chib o‘tishi haqidagi xabar 2017 yili noyabr oyi boshlarida paydo bo‘lgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shiqchi o‘zining rejasini amalga oshirish uchun nihoyat qaror qabul qilgan. Rianna o‘zini nafaqat suyuklisi, balki yanada mo‘’tadil hayot kutib turgan Londonga ko‘chib o‘tishga tayyorlanmoqda.
Xonanda Los-Anjelesda paparatssi va muxlislar ta’qibidan charchaganligini bildirdi. Britaniyada esa omma e’tiboridan chetda bo‘lishi mumkin.
Angliyada Rianna zerikishga vaqt topolmaydi. Londonda uning yaqin dugonalari Kara Delevin va Naomi Kempbellar yashaydi.
Rianna va saudiyalik milliarder Hasan Jamil o‘tgan yozdan beri uchrashib kelishadi. Mish-mishlarga ko‘ra, yaqinda ularning to‘yi bo‘lib o‘tgan. Lekin bu haqda hech qanday rasmiy ma’lumot yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi