Rossiyalik qo‘shiqchi Alla Pugachyova o‘z Instagram’ida muxlislariga sog‘ligi yomonlashgani va tez qariyotganidan shikoyat qildi, deb yozadi «Daryo».
«Organizmim ishlamay qolyapti. Nafas olishga, yurishga qiynalyapman, ammo hali tirikman va kichkina bolalarim uchun yashashim kerak», — deya qayd etdi Pugachyova.
Nashr ta’kidlashicha, qo‘shiqchi shu tariqa uning tashqi ko‘rinishini mazax qilgan internet foydalanuvchilarining tanqidiga javob qilgan. «O‘z zahringizni va qahr-g‘azabingizni hayotda mening keksayishim va bemajolligimdan ko‘ra muhimroq muammolarga qarating», — deya taklif qildi 68 yoshli xonanda. U, shuningdek, umrining so‘nggi kunlarida farzandlari va muxlislari haqida o‘ylashga va’da berdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi