07:02 / 29.10.2018
4 152

Qozog‘istonning “Amre” kinokartinasi Gollivud filmlari festivalida g‘olib deb topildi

Qozog‘istonning “Amre” kinokartinasi Gollivud filmlari festivalida g‘olib deb topildi
Qozog‘istonning “Amre” kinofilmi 23-28 oktyabr kunlari Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan “Hollywood Film Festival” nomli xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda “Kazinform” axborot agentligi nashri xabar berdi.

“Do‘stlar, bizning “Amre” (“Paris Song”) kinokartinamiz “Hollywood Film Festival” festivalida hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi”, – deb yozadi filmning bosh rol ijrochisi Sanjar Madi ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida.

Qozoq klassik kompozitori, qo‘shiqchi va aktyor Amre Qashaubayev haqida hikoya qiluvchi mazkur film “Qozoqfilm” kinostudiyasi va “Darplay” kompaniyasi bilan birgalikda suratga olingan.

Amre Qashaubayev nafaqat Qozog‘iston, balki bir nechta Yevropa davlatlarida ham mashhur qo‘shiqchi sifatida tan olingan bo‘lib, “Parij haftaligi”, “Le myuzikl” jurnallarida san’atkor noyob iste’dod egasi sifatida e’tirof etilgan. “Yog‘och oyoq”, “Uch do‘st”, “Qo‘shaloq baraban”, “Qizil bug‘doy”, “Yolg‘iz archa” nomli qozoq klassik asarlari Amre ijrosida mashhurlikka erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qozog‘istonning “Amre” kinokartinasi Gollivud filmlari festivalida g‘olib deb topildi