23:30 / 04.11.2018
2 311

“Elektron bitik” mukofotining g‘oliblari aniqlandi

“Elektron bitik” mukofotining g‘oliblari aniqlandi
“LitRes” kompaniyasi “Elektron bitik” mukofotining g‘oliblarini aniqladi. Ushbu mukofot internetda e’lon qilinadigan elektron va audio kitoblar uchun beriladi.

Kitobxonlarning bergan ovoziga ko‘ra Oleg Xolodovning “Ovoz” romani va Aleksey Ilinning “Tipratikanning suti” asarlari “Elektron bitik” mukofotining g‘olibi deb topildi.

“Katta proza” nominatsiyasida “Botqoqlik” asari uchun Tatyana Mastryukova va “Buyuk Pyotr mayog‘i” asari uchun Oleg Mushinskiy sovrindor bo‘lishdi.

“Kichik proza” nominatsiyasini "Katta derazali uy" hikoyasi uchun Yevgeniya Kretova qo‘lga kiritdi. “Audiokitoblarni eng yaxshi o‘quvchi” nominatsiyasi Yelena Polonetskayaga nasib etdi.

“Elektron bitik” tanlovi yozuvchilar va kitobxonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.

Tashkilotchilarnin ta’kidlashicha, “Mukofotning bosh maqsadi hali nashriyotlar nashr etmagan rus tilidagi asarlarni targ‘ib qilish, shuningdek, internetda kitob o‘qish va tinglashni ommalashtirishdir”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Elektron bitik” mukofotining g‘oliblari aniqlandi