4 546
Xalqaro kinofestivalda Elmira Rahimjonova “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi
Olmaotada bo‘lib o‘tgan “Bastau International Film Festival VI"da "Turon" teatr-studiyasi aktrisasi Elmira Rahimjonova “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Festivalda O‘zbekiston nomidan Botir Abdurahmonov hamda Abduazim Ilhomjonovlar “Ona” nomli filmi bilan ishtirok etishgan edi. Festival yakuniga ko‘ra “Ona” filmi bosh rol ijrochisi Elmira Rahimjonova “Eng yaxshi ayol roli uchun” mukofotiga loyiq ko‘rildi.
Festivalda Yevropa, Osiyo va Amerikada 2017-2018 yillarda ishlab chiqilgan qisqa metrajli badiiy, hujjatli va animatsion filmlar qo‘yildi.
Ushbu festival xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, madaniy almashuv va yosh kinematograflar o‘rtasida ijodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun o‘tkazib kelinmoqda.
Festival doirasida Yevropa, Osiyo va Amerikaning taniqli kinematograflari ishtirokida mahorat darslari, davra suhbatlari ham o‘tkazildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi