12:20 / 22.02.2019
7 299

Hukumatning yangi Qarori qabul qilindi

Hukumatning yangi Qarori qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi konservatoriyasi huzurida Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etildi hamda uning nizomi tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq,musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari kasbiy mahorati darajasining lavozim malaka tavsiflariga muvofiqligini ta’minlash Markazning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislarining malakasini oshirishning quyidagi shakllari qo‘llaniladi:
???? Markazda o‘qitish;
???? “ustoz-shogird” usuli bo‘yicha o‘qitish;
???? mustaqil o‘qib bilim orttirish;
???? masofaviy ta’lim;
???? stajirovka o‘tash orqali tajriba orttirish.

Bundan tashqari, masofaviy ta’lim – onlayn (videoma’ruzalar, maslahatlar) va offlayn shaklida ham amalga oshiriladi.
Musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari 5 yilda kamida bir marta, rahbar xodimlar esa – 3 yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart.
Malaka oshirish 4 haftadan kam bo‘lmasligi lozim.
Malaka oshirish kurslarini tugatganlarga sertifikat, qayta tayyorlash kurslarini tugatganlarga esa diplom beriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hukumatning yangi Qarori qabul qilindi