08:57 / 13.12.2019
4 971

"Busanga poyezd" ​ filmi - Koreyada paydo bo'lgan qonxo'rlar haqida

"Busanga poyezd" ​ filmi - Koreyada paydo bo'lgan qonxo'rlar haqida
2016 yilda ishlab chiqarilgan koreys filmi bo‘lmish «Busanga poyezd» («Train to Busan») filmi koreyalik kino ijodkorlarining eng ko‘p yutuqlarga erishgan filmlaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu film 2016 yilda Janubiy Koreyadagi zombi apokalipsisini aks ettiruvchi triller filmi hisoblanadi. Film rejissori Yon Sang-Ho bo‘lib, bosh rollarda Gong Yoo, Jung Yu-Mi va Ma Dong-Seoklar ishtirok etishgan.

Filmdagi voqealar asosan Busan poyezdida sodir bo‘ladi, chunki zombi apokalipsisi mamlakatda to‘satdan paydo bo‘lib, yo‘lovchilar xavfsizligini buzadi. Filmning premerasi 13 may kuni Kann kinofestivalining Tungi Lavhalar qismida namoyish etildi.

7 avgust kuni ushbu film 10 milliondan ortiq tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilganligi bilan o‘zidan oldingi qayd etilgan rekordlarni ortda qoldirdi. Filmning umumiy to‘plagan kassa mablag‘i 93,1 million dollarga yetdi. Uning qozongan yutuqlari ko‘pgina mamlakatlarda e’tirof etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » "Busanga poyezd" ​ filmi - Koreyada paydo bo'lgan qonxo'rlar haqida