Leonardo Di Kaprioni yana eski muvaffaqiyati uchun savollar bilan savalashdi

  • 11 dekabr 2019, 08:30
  • 1 590
  • Madaniyat
  • Leonardo Di Kaprioni yana eski muvaffaqiyati uchun savollar bilan savalashdi
    «Titanik» filmi orqali barchamizning sevimli aktyorlarimizdan biriga aylangan Leonardo Di Kaprioga Bret Pit hamda MTV muxbiri Josh Horovitz g‘alati savol bilan murojaat qilishdi. Leo suhbatga chaqirilganida suhbat mavzusi uning ijodidagi yangiliklari to‘g‘risida bo‘ladi deb o‘ylagan edi.

    Biroq unga to‘satdan «Nima deb o‘ylaysiz, rostdan ham Rouzning tirik qolishi uchun Jekning shunday katta eshikka chiqmasligi haqiqatga yaqinmi?» degan savolni berishdi.

    Leonardo bu savolga javob bermadi va boshini chayqab qo‘ydi. Margot Robbi va Bred Pitt uni ushbu savolga javob bermasdan qo‘yib yubormaslikka harakat qilishdi. Shundan so‘ng Leonardo «Men javob topish uchun endi borib o‘sha yerni qarab chiqaman» degan istehzoli javob qildi va Margot Robbi bu jihat film tarixidagi eng katta nomutanosiblik ekanligini aytdi. Leo ham bu fikrga qo‘shilgan ohangda «Chindan ham» dedi.

    O‘z intervyularidan birida Keyt Uinslet ham «bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi», - deya izoh bergan edi. Lekin Leonardo Di Kaprio bu savolga izoh topolmadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham «Titanik» filmi chinakamiga muvaffaqiyatga erishgan filmlardan biridir. Aynan shu jihati bilan ham u hamon mana shunday bahs va munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Leonardo Di Kaprioni yana eski muvaffaqiyati uchun savollar bilan savalashdi