Bibisora Assubayeva qozoq tilini o‘rganishni boshladi

Shaxmat bo'yicha uch karra jahon chempioni Bibisora Assubayeva qozok tilini o'rganishga qaror qildi. U bu haqda o'zining Telegram-kanalida ma'lum qildi va avvalgi tanqidlar sababli vaziyatni o'zgartirishga va'da berdi. Sportchining aytishicha, u allaqachon yangi o'qituvchi bilan birinchi sinov darsini belgilagan.
Shaxmat bo‘yicha uch karra jahon chempioni Bibisora Assubayeva qozoq tilini mukammal o‘rganishga qaror qildi. Bu haqda 22 yoshli sportchi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Assubayeva shu paytgacha bergan intervyulari va rasmiy chiqishlarida qozoq tilida javob bermagani uchun bir necha bor tanqid qilingan edi. Shundan so‘ng, shaxmatchi vaziyatni o‘zgartirishga va til o‘rganishga va’da bergan.
Sportchining so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon yangi o‘qituvchi bilan birinchi sinov darsini belgilagan.
“So‘zdan amalga o‘tilgan vaziyat”, dedi Bibisora Assubayeva.





























Izohlar 0
…