“Tom va Jerri” yangi film bilan yana ekranlarda!

“Tom va Jerri” yangi film bilan yana ekranlarda!
Qisqacha

Mashhur qahramonlar "Tom va Jerri" yangi animatsion film bilan katta ekranlarga qaytmoqda. "Tom va Jerri: Taqiqlangan kompas" nomli ushbu filmda qahramonlar muzeyda sehrli kompasni ishga tushirib, boshqa davrga tushib qolishadi. Bu esa ularning odatdagi quvlashmachog'idan farqli, yangi va kutilmagan sarguzashtlarga olib keladi. Filmning AQShdagi premyerasi 9-sentabrga belgilangan.

Barchaga yaxshi tanish boʻlgan mashhur qahramonlar — "Tom va Jerri” yana katta ekranlarga qaytmoqda. Bu safar muxlislar ularning yangi va kutilmagan sarguzashtlariga guvoh boʻlishadi.

“Tom va Jerri: Taqiqlangan kompas” nomli yangi animatsion film voqealari muzeyda boshlanadi. Tom va Jerri tasodifan sehrli kompasni ishga tushirib yuboradi va natijada boshqa davrga tushib qolishadi.

Shu tariqa ular odatdagi quvlashmachoqdan chiqib, butunlay yangi vaziyatga duch kelishadi. Ularning boshidan qanday voqealar oʻtishi esa tomoshabinlar uchun qiziqarli syujetni vaʼda qiladi.

Multfilm premerasi AQShda 9 sentyabr kuni boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar