date

Nemis olimlari 60 foiz unumdorlikka ega vodorod dvigatelini yaratdi

Nemis olimlari 60 foiz unumdorlikka ega vodorod dvigatelini yaratdi

Germaniyalik tadqiqotchilar dizel motorlari bilan raqobatlasha oladigan yopiq siklli vodorod dvigatelini ishlab chiqdi. Loyiha Magdeburgdagi Otto fon Gerike universitetida yaratilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Dvigatelning asosiy xususiyati uning yopiq konturda ishlashidir. Ishchi aralashma sifatida vodorod, kislorod va argon ishlatiladi.

Vodorod energiya manbai, kislorod reaksiya uchun, argon esa jarayonni barqarorlashtiruvchi vosita vazifasini bajaradi.

Ishlab chiquvchilarning ta'kidlashicha, har bir ish siklidan so'ng gaz aralashmasining katta qismi tashqariga chiqarilmaydi. U sovutiladi, tozalanadi va tizimga qaytariladi.

Bu dvigatelga an'anaviy chiqindilarsiz ishlash imkonini beradi.

Sinov natijalari shuni ko'rsatdiki, tizim yuqori quvvat va 60 foizdan ortiq samaradorlikni o'zida mujassam etgan. Bu ko'rsatkich dizel qurilmalari bilan deyarli bir xil.

Ushbu texnologiya yuk mashinalari, qishloq xo'jaligi va qurilish texnikalari uchun juda qulay hisoblanadi. Loyiha mualliflarining fikricha, yopiq tizim uzoq muddatda iqtisodiy jihatdan ham foydali bo'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Nemis olimlari 60 foiz unumdorlikka ega vodorod dvigatelini yaratdi