O‘zbekistonda raqs san’ati sohasida olib borilayotgan siyosat tubdan yangilanadi. Bu haqda "Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston prezidenti qarori e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy ta’lim muassasasi shaklida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etilmoqda. Raqs san’atiga iqtidori bo‘lgan yoshlarni joylarda saralab olish, ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga aylantiriladi.
Shuningdek, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Buxoro, Qarshi, Namangan va Urganch shaharlarida Akademiya huzurida ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarini tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarda ta’lim 1-4-sinflarda, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 1-11-sinflarda olib boriladi; o‘qishga qabul ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarga 1-sinfdan, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga 1 va 5-sinflardan amalga oshiriladi.
Prezident bir nechta amaldorlarga qaror ijrosini ta’minlashni topshirgan.
Xususan, O‘zbekiston Moliya vazirligi akademiyaga 50 o‘rinli avtobus xaridi uchun budjetdan mablag‘ ajratishi; O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovga ushbu qaror ijrosini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov – belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatib, Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot kiritish vazifalari yuklatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi