20:23 / 15.08.2017
8 235

Abadiy yashashning 5 ta ilmiy usuli

Abadiy yashashning 5 ta ilmiy usuli
Keksayish va avlodlar almashinuvi evolyusiya uchun zarur bo‘lsa-da, abadiy hayot eliksiri, yoxud obi-hayotni qidirish bilan olimlar va tadqiqotchilar doimo shug‘ullanib kelgan. Hozirdanoq tibbiyot va ilm-fanda erishilgan yutuqlar inson hayotini ancha-muncha uzaytira oladi. Olimlar fikricha, 2032 yilga kelib, odamlarga abadiy yashash imkoniyatini beruvchi texnologiyalar yaratiladi.
Organlarni almashtirish

Regenerativ tibbiyot sharofati bilan tez orada har qanday hayotiy muhim organni yangisiga almashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Olimlar sun’iy o‘pka, yurak va boshqa organlarni tana hujayralaridan etishtiradi. Tanalarimiz molekulyar darajada abadiy yashay oladi. Nafaqat abadiy hayot, balki abadiy yoshlik ham mumkin bo‘ladi.

Nevrologik implantatlar

Miyaga kompyuter chiplarini kiritish bugungi kunda ham o‘tkaziladi, bunday chiplar miya funksiyalari buzilgan kishilarga o‘rnatilib, insult va miya-bosh suyagi shikastlanishlaridan keyin miya faoliyatini kuchaytiradi, Parkinson xastaligi va depressiya simptomlarini yengillashtiradi. Kelajakda biz elektronikani fikr yordamida boshqara olamiz. Bundan tashqari, bu chiplar miyamiz hech qachon qarimasligini va shikastlanishlardan keyin avtomatik tarzda qayta tiklanishini ta’minlaydi.

Nanobotlar

Mikroskpik robotlar organizmimizga hujayralar darajasida yordam beradi. Nanobotlar qon hujayralariga tanani kislorod bilan tezroq va samaraliroq boyitish imkonini beradi. Nanobotlar shikastlangan hujayralarni bir lahzada «ta’mirlash» imkoniyatini beradi. Bu shuni anglatadiki, viruslar va infeksiyalarni sanoqli daqiqalarda engish mumkin bo‘ladi.

Kiborglar

Agar organlarni bilogik nusxalari bilan almashtirib bo‘lmasa, mexanik analoglar ishga solinadi. Bionik protezlar asab hujayralari bilan o‘zaro ta’sirga kirishib, organlar va tana qismlari o‘rnini bosadi. Bu nafaqat yo‘qotilgan qo‘l-oyoqlarni qayta tiklash, balki inson tanasini mukammallashtirish imkonini ham beradi.

Krionika

Inson tanasini muzlatish bugungi kundayoq mavjud, ko‘plab kompaniyalar shunday xizmatni taklif etadi. Amerikada 1962 yildan buyon 200 dan ortiq kishi muzlatilgan. Kriokonservasiya yordamida tanani belgilanmagan muddatga saqlash mumkin. Ba’zi odamlar kelajakda og‘ir kasalliklarni davolaydigan va odamni abadiy yashovchan qiladigan texnologiyalar paydo bo‘lishiga umid qilgan holda bunday proseduraga murojaat qiladi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Abadiy yashashning 5 ta ilmiy usuli