Kreml Islom Karimovning salomatligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

  • 30 avgust 2016, 14:01
  • 17 106
  • O‘zbekiston
  • Kreml Islom Karimovning salomatligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    Rossiya prezidentining matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov Kreml O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning sog‘lig‘i haqidagi xabarlar tufayli chuqur tashvishdaligini bildirdi va prezidentga sog‘lik tiladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabariga asoslanib «Kun» nashri ma’lum qildi.

    «Biz O‘zbekiston prezidentining betobligidan chuqur tashvishdamiz. Moskva rasmiylari nomidan Islom Karimovning tez orada sog‘ayib ketishini tilayman.

    Biz hozirda faqat OAVdagi va diplomatik kanallardan kelayotgan xabarlargagina egamiz», degan Peskov.

    U shuningdek, O‘zbekistonda vaziyat chigallashishi mumkinligi haqida bildirilayotgan taxminlarni «mulohazasizlik» deb atagan va bunday taxminlarga fikrini bildirgan.

    «Yana bir bor qaytaraman, biz O‘zbekiston prezidentining tezda sog‘ayib ketishini tilaymiz. Biz o‘zaro munosabatlarni qadrlaymiz, yaqinda Karimovning Rossiyaga tashrifi doirasida tuzilgan rejalar ham ikki davlat o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlikdan nishona bo‘lgandi. O‘zbekistondan ijobiy xabarlar kutib qolamiz», deya qo‘shimcha qilgan u.

    Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov stasionar davolanishda ekanini ma’lum qildi.

    Bugun esa Lola Karimova-Tillaeva prezidentning ahvoli barqarorligini bildirdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Kreml Islom Karimovning salomatligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi