Toshkentda kutilmaganda yoqqan qor va uning ketidan tushgan sovuq, aksariyat ko‘chalarning muz bilan qoplanishiga olib keldi.
Kun davomida ko‘chalarda toza bo‘lgan bo‘lsada, soat 4lar atrofida asfalt usti yupqa muz qatlami bilan qoplana boshladi. Ayniqsa kichik halqa yo‘lda avtomobillar harakati mushkullashdi.
Toshkentda qish, odatda, juda qisqa va qorsiz bo‘lgani tufayli aksariyat haydovchilar qishgi shina o‘rnatishmaydi. Lekin bir yilda bir ikki marta bo‘lib turadigan yaxmalak ko‘plab YTHlar sabachisi bo‘lishi mumkin.
Shahar ko‘chalarida umumiy harakat tezligi susayishi har bir svetofor oldida 30 minutlik yo‘l tiqinlari paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lmoqda.
Bu vaziyatdan taksi haydovchilari epchillik bilan foydalanib qolishga urinishmoqda. Taksi yo‘lkirasi haqi bugun 30-40 foizga oshgan.
Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, tunda havo yanada sovuqroq bo‘ladi va asfalt yo‘llar haqiqiy yaxmalakka aylanib qolishi hech gap emas. Ob-havo —2…-4 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Zamin.uz tahririyati hurmatli haydovchilardan, ayniqsa qishda avtomobil haydash tajribasi kam bo‘lgan haydovchilardan, o‘zingiz va boshqalar hayoti, mol-mulkiga ortiqcha xavf solmaslik uchun, shaxsiy avtomobildan imkon qadar kamroq foydalanishga chaqiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi