22:32 / 01.12.2016
7 136

Ertaga Toshkentda +20 daraja issiq bo‘ladi

Ertaga Toshkentda +20 daraja issiq bo‘ladi

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 2 dekabr kuni respublika bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi, havo harorati biroz ko‘tariladi. Toshkent shahrida harorat kechasi 3-5, kunduzi 18-20 darajaga etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi 5-0 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliqgacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliqga etadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 2-7, kunduzi 15-20 daraja iliqni tashkil etadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 15-20 daraja iliqgacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 0-5 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ertaga Toshkentda +20 daraja issiq bo‘ladi