Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublika Prezidenti lavozimiga saylangani to‘g‘risida qaror qabul qilindi

  • 09 dekabr 2016, 22:12
  • 6 026
  • O‘zbekiston
  • Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublika Prezidenti lavozimiga saylangani to‘g‘risida qaror qabul qilindi

    2016 yil 9 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda shu yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari ko‘rib chiqildi, deb yozadi "Diydoraziz" nashri.

    Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomov ta’kidlaganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida fuqarolarimiz o‘zining yuksak siyosiy saviyasi va fuqarolik posiziyasini hamda Vatanimiz taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini namoyish etib, ovoz berishda faol ishtirok etdilar.

    Fuqarolar ovoz berishda ishtirok etishi orqali mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini yana bir karra ifoda etdilar.

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan kelgan bayonnomalarga asosan 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 461 ming 805 nafar saylovchidan 17 million 951 ming 667 nafari ishtirok etganini aniqladi. Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini tashkil qiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining natijalariga ko‘ra, Sarvar Sadullaevich Otamuratovni yoqlab 421 ming 55 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 2,35 foizi ovoz berdi, Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni yoqlab 15 million 906 ming 724 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 88,61 foizi ovoz berdi, Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonovni yoqlab 669 ming 187 nafar saylovchi yoki 3,73 foizi, Narimon Majitovich Umarovni yoqlab 619 ming 972 nafar saylovchi yoki 3,46 foiz saylovchilar ovoz berdi.

    - Shunday qilib, natijalarga asosan 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev g‘olib chiqdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 90, 117-moddalariga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14, 35, 36-moddalariga, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

    Majlisda saylov O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirish huquqini ta’minlagan hamda umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish tamoyillariga rioya qilgan holda bo‘lib o‘tgani ta’kidlandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublika Prezidenti lavozimiga saylangani to‘g‘risida qaror qabul qilindi