O‘zbekistonda tumanli va quruq ob-havo kutilmoqda

O‘zgidromet 5 yanvar kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Kuni kechasi va ertalab Toshkent shahrida tuman kuzatilishi mumkin, ammo yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharq tomondan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja ilik, kunduzi 5-7 daraja ilik bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida ham shunga o‘xshash ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi esa 1-4 daraja ilik bo‘ladi. Shamol sharq tomondan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi esa 3-8 daraja ilik bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja ilikkacha haroratda bo‘ladi, kunduzi esa 2-7 daraja ilik bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja ilikkacha, kunduzi esa 4-9 daraja ilik bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja ilik, kunduzi esa 2-7 daraja ilik bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, ammo qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda yesadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi esa 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!