AQSHning "Venesuela operatsiyasi"da 40dan ortiq inson halok bo‘ldi

3 yanvarga o‘tar kechasi, AQSH tomonidan Venesuelada o‘tkazilgan harbiy amaliyot oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘ldi, ular orasida tinch aholi va harbiy xizmatchilar ham bor. Bu haqda The New York Times nashri, mahalliy yuqori martabali manbaga asoslanib xabar tarqatdi.
Amaliyotda 150 dan ortiq harbiy samolyotlar, shu jumladan, qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar ishga solingan. Ular AQSH harbiy dengiz kuchlarining kemalaridan va boshqa turli harbiy bazalardan havoga ko‘tarilgan. Hujum avvalida kiberhujum amalga oshirilib, bu Karakasning katta qismida elektr ta’minotining uzilishiga sabab bo‘ldi. Bu holat, AQSHning harbiy samolyotlariga shaharga sezdirmay yaqinlashish imkonini bergan.
AQSH aviatsiyasi Karakas bo‘ylab davomli zarbalar yo‘lladi, asosan radiolokasiya qurilmalari va radiouzatish minoralariga zarba berildi. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores maxsus elita guruhi “Delta Fors” tomonidan qo‘lga olingan. Ushbu maxsus amaliyotda, Maduro qarorgohining Kentukkidagi nusxasida repetitsiya qilingan. Venesuela prezidentining so‘nggi bir necha oydagi harakatlari haqida ma’lumotlarni Markaziy razvedka boshqarmasining Karakasdagi agentlari to‘plagan.
Shuningdek, AQSH bir necha oy davomida Karib dengizi havzasida dengiz kampaniyasini olib borib, o‘nlab kemalarga hujum qildi. Tramp ma’muriyati bu kemalardagi venesuelaliklarni AQSHga giyohvand moddalar tashiganligi haqida ma’lumot berdi. Bu hujumlar oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 115 kishi halok bo‘lgan.
Bu amaliyotlar Venesuela va AQSH o‘rtasidagi keskin diplomatik ziddiyatlarni yanada kuchaytirgani, xalqaro siyosatidagi jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!