O‘zbekistonlik olimlar paxta terish agregatining yangi modelini ixtiro qilishdi

  • 17 aprel 2015, 12:26
  • 11 068
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekistonlik olimlar paxta terish agregatining yangi modelini ixtiro qilishdi

    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yangi paxta terish agregatining modeli ixtiro qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi'ga asoslanib "Kun.uz" xabar bermoqda.

    Mazkur model qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi paxta terish agregatining unumdorligini va paxtani to‘liq terishini oshirishdan iborat.

    Paxta terish agregati tarkibiga chopiq traktori ko‘rinishidagi energovosita, shpindelli terish apparatini o‘z ichiga olgan terish uskunasi va sachratadigan forsunkalarga ega quvur kiradi.

    U shuningdek, traktorga o‘rnatilgan siqilgan havo generatori, namlaydigan suyuqlik uchun mo‘ljallangan zich berkitilgan siqimdan tarkib topgan bo‘lib, ushbu siqim siqilgan havo generatori bilan bog‘langan.

    Bunda zich berkitilgan siqim saqlovchi havo klapani bilan ta’minlangan va sachratadigan forsunkalarga ega quvur bilan o‘zaro bog‘langan, sachratadigan forsunkalar esa suyuqlikni shpindellarning butun bo‘yi bo‘ylab sachratish imkoniyati bilan o‘rnatilgan.

    “Mualliflar – A.N.Mixaylovskiy, S.U.Usarov, A.A.Rizaev va I.N.Azarovga mazkur model ixtirosi uchun № FAP-00993 raqamli patent berildi”, – deyiladi agentlik xabarida.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonlik olimlar paxta terish agregatining yangi modelini ixtiro qilishdi