01:06 / 04.02.2017
7 042

4 fevral kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo bilan tanishing

4 fevral kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo bilan tanishing

4 fevral kuni, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-7, kunduzi 1-3 daraja sovuq bo‘ladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markaziga ma’lumotiga tayanib Sof.uz xabar bermoqda.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 1-6 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 4 fevral kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo bilan tanishing