O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati keskin tushib ketadi

  • 10 fevral 2017, 14:53
  • 5 516
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati keskin tushib ketadi

    11 fevraldan O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida havo harorati keskin tushib ketishi kutilmoqda. Qalampir sayti yozishicha, 10 fevral kuni kechasi mamlakatimiz bo‘ylab qor yog‘adi.

    11 fevral kuni Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Harorat kunduzi 2 daraja iliq bo‘lsa, kechasi 2 daraja sovuq bo‘ladi. 12-13 fevral kunlari ham qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatilib, harorat kunduzi 6 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi kutilayotgan harorat -4...-2 daraja.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham 10 fevral kechasi qisqa muddatli qor yog‘adi. 11-13 fevral kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi -7...-5 darajagacha tushadi. Qoraqalpog‘istonda harorat kechasi 18 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilyapti. Xorazmda esa kechasi 12 daraja sovuq bo‘ladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida 11 fevral kuni qor yog‘adi. Harorat kunduzi -2...+3 daraja, kechasi -5...0 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 12-13 fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 8 darajagacha iliq bo‘ladi.

    Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. Harorat kechasi va kunduzi -2...+3 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 12 fevral kuni yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 8 darajagacha ko‘tariladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 11 fevral kuni yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 2 darajagacha sovuq bo‘ladi. Kunduzi esa 8 darajagacha iliq bo‘ladi. 12 fevral kuni yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

    Dam olish kunlari Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 10 darajagacha iliq bo‘ladi, kechasi esa -5...0 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati keskin tushib ketadi