O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15 fevral kungi farmoni asosida Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkiga ajratildi. Kun nashri yozishicha, farmon asosida Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etiladi.
Madaniyat va sport ishlari vazirligi 2004 yilning sentyabridan buyon Madaniyat ishlari vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi negizida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Madaniyat vazirligi markaziy apparati tuzilmasida vazir, birinchi o‘rinbosar va vazir o‘rinbosarlari bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi markaziy tuzilmasi esa rais, birinchi o‘rinbosar va rais o‘rinbosarlaridan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi direktori rais o‘rinbosarlaridan biri hisoblanadi.
Madaniyat va sport ishlari vazirligiga 2015 yilning yozida Ahmedov Bahodir Majidovich rahbar etib tayinlangandi. Endi uning yangi tashkil etilgan vazirlikda qolish-qolmasligi bo‘yicha hozircha ma’lumot yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi