7 312
Andijonda salomatlik haftaligining bir tadbirida 550 dan ziyod bola ko‘rikdan o‘tkazildi
Andijonda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan salomatlik haftaligi tadbirlari o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi O‘zAga tayanib "Daryo.uz" nashri.
Salomatlik haftaligida viloyatdagi muruvvat, mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlar, shuningdek, nuroniylar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonlarida tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mirkomil Otahojiev qayd etishicha, haftalik doirasida fuqarolar 20 yo‘nalishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga zarur tavsiya va maslahatlar berilmoqda.
Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida o‘tkazilgan tadbirda esa mahalliy va xorijiy farmasevtika kompaniyalari o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi. Sog‘lom turmush tarzi, dori-darmon targ‘ibotiga oid bukletlar tarqatildi. Yosh sportchilarning, bolalar badiiy jamoalarining ko‘rgazmali chiqishlari, tibbiyot muassasalarining sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga bag‘ishlangan panno va ko‘rgazmalari tashkil etildi.
«Bugungi tadbirda 550 dan ziyod bola ko‘rikdan o‘tkazildi, – dedi Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bolalar bo‘limi mudiri Gulnora To‘raeva. – Bolalarga, ularning ota-onalariga zarur tavsiya va maslahatlar berildi. Oilada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish borasida tushuntirish ishlari olib borildi. Turli xavfli va yuqumli xastaliklar kelib chiqishining oldini olish, sog‘lom turmush tarziga oid buklet va adabiyotlar tarqatildi».
Tibbiy ko‘rik natijasida kasallik borligi aniqlangan fuqarolarga ambulatoriya va shifoxonalarda davolanish uchun yo‘llanma berildi.
Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi