25 aprel kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida ta’lim sifati va samaradorligini yuksaltirishga oid amaliy ishlar va istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA'ga tayanib Sof.uz xabar berdi.
Qayd etilishicha, olis aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning sifatli umumiy o‘rta ta’lim olishini ta’minlash maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida umumta’lim maskanlarining filiallari tashkil etilib, ularda o‘quvchilar soni 100 nafargacha bo‘ladi. Boshqa umumta’lim maskanlariga yaqinligi hamda moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib, o‘quvchilar soni 180 nafargacha bo‘lgan umumta’lim muassasalari ham filiallarga aylantirilishi mumkin.
Shuningdek, tegishli maydonga ega bo‘lgan maktablar sinflarida o‘quvchilar tarkibi 35 nafardan ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sinf o‘quvchilarini muayyan fanlar bo‘yicha bo‘lib o‘qitish yuzasidan ham tegishli normalar belgilandi. Maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan ta’lim maskanlariga biriktirilgan hududlar (mikrohududlar) doirasida umumta’lim maskani pedagoglari tomonidan amalga oshiriladi. Bu maktablardagi o‘quvchilar sonidagi nomutanosiblikka barham beradi. Bolalarning intellektual rivojlanish jarayonini hisobga olib, ularni 6-7 yoshdan maktabga qabul qilish me’yorlariga ham aniqliklar kiritildi.
Majburiy ta’lim tizimi uchun (9+3 asosidagi) 18 umumta’lim fanidan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi. Mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida jismoniy tarbiya fanidan davlat ta’lim standartlariga shaxmatni o‘rganish talablari singdirildi. 1-4-sinflarda matematika fanini o‘qitish mazmuniga dasturlashning ilk tushunchalari kiritilgani o‘g‘il-qizlarda informatika, axborot texnologiyalari faniga oid boshlang‘ich bilimlarni shakllantiradi. O‘quv rejasi ham yanada takomillashtirilib, "Informatika va hisoblash texnikasi asoslari" fani "Informatika va axborot texnologiyalari" deb o‘zgartirildi. O‘quvchilarni kasb-hunarni to‘g‘ri tanlashga yo‘naltirish maqsadida "Mehnat ta’limi" fani "Texnologiya" fani deb o‘zgartirildi va bugungi kun talabidan kelib chiqib, ko‘p tarmoqli yo‘nalishlarga asoslangan holda qayta ishlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi