Jahon banki O‘zbekistonning kanalizasiya tizimini modernizasiya qilishga 105 mln dollar beradi

  • 02 iyul 2015, 12:36
  • 4 398
  • O‘zbekiston
  • Jahon banki O‘zbekistonning kanalizasiya tizimini modernizasiya qilishga 105 mln dollar beradi

    Jahon banki direktorlar kengashi O‘zbekistonga umumiy miqdori 305 mln dollarni tashkil qiluvchi ikkita kredit taqdim etish haqidagi qarorni ma’qulladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

    200 mln dollarlik kredit, kecha xabar qilinganidek, 300 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlashga sarflanadi. Loyiha 2021 yilning sentyabrida yakunlanadi.

    105 mln dollar esa Buxoro va Samarqand shaharlari kanalizasiya tarmoqlarini modernizasiya va rekonstruksiya qilishga qaratiladi. Ushbu loyiha uchun 2009 yildayoq 55 mln dollar ajratilgan edi.

    Har ikkala kredit xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablag‘lari hisobidan taqdim etiladi. Mablag‘ 25 yilga taqdim etiladi, shulardan 5 yil imtiyozli hisoblanadi.

    O‘zbekiston 1992 yili Jahon bankiga a’zo bo‘ldi. Shundan buyon xalqaro moliya tashkiloti davlatga 1.8 mlrd dollar kredit berdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jahon banki O‘zbekistonning kanalizasiya tizimini modernizasiya qilishga 105 mln dollar beradi