19:10 / 22.09.2017
6 149

Mavsumiy ishlarga jalb qilingan yoshlar faoliyati mehnat staji sifatida inobatga olinadi

Mavsumiy ishlarga jalb qilingan yoshlar faoliyati mehnat staji sifatida inobatga olinadi
Avval xabar berilganidek, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashi majlisining bayoni Bosh vazir A.Aripov tomonidan 2017 yilning 19 sentyabr kuni tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasiga mavsumiy ishlarga jalb qilingan yoshlarning vaqtinchalik mehnat faoliyatini mehnat staji sifatida inobatga olish masalasini huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yish vazifasi topshirilgan.

Majlis qarori bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Fan, ta’lim va yoshlar siyosati masalalari ATD zimmasiga yuklandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mavsumiy ishlarga jalb qilingan yoshlar faoliyati mehnat staji sifatida inobatga olinadi