15:20 / 15.01.2018
4 919

Professor Ibrohim Usmanov: "O‘zbekiston mintaqadagi yetakchi davlatga aylanadi"

Профессор Иброҳим Усманов: "Ўзбекистон минтақадаги етакчи давлатга айланади"
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin ikki-uch yil ichida Markaziy Osiyodagi davlatlar ishtirokida Yevropa ittifoqidek davlatlar ittifoqini tuzish tashabbusi bilan chiqishi mumkin, degan fikrni bildirgan professor Ibrohim Usmanov.

Ibrohim Usmanov – bir necha yillar davomida Tojikiston prezidentining davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan siyosatchi va jurnalist.

Usmanovning ishonch bildirishicha, Mirziyoyev O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi norasmiy yetakchi davlat maqomini qaytarib oladi. U o‘z so‘zida, “O‘zbekiston o‘tgan asr 90-yillarining boshigacha mintaqadagi norasmiy yetakchi davlat edi, lekin Qozog‘iston bu maqomni tortib olgandi. Mirziyoyev mintaqada o‘z irodasini o‘tkazishga harakat qilmayapti, qo‘shnilar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish zarurligini juda yaxshi anglab turibdi”, deb ta’kidlagan.

Tojikistonlik siyosatchining ta’kidlashicha, so‘nggi bir yil ichida O‘zbekiston Prezidentining obro‘si mintaqadagi aholi o‘rtasida shunchalik darajada oshib ketdiki, unga har qanday siyosatchi ham havas qilsa arziydi.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ochiqlik siyosati natijasida mintaqadagi davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch bir necha barobar oshgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Professor Ibrohim Usmanov: "O‘zbekiston mintaqadagi yetakchi davlatga aylanadi"