22:30 / 24.01.2018
9 722

Diqqat! O‘zbekistonda BO‘RON OGOHLANTIRUVI e’lon qilindi

Diqqat! O‘zbekistonda BO‘RON OGOHLANTIRUVI e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy sayti orqali hafta so‘nggida O‘zbekistonda harorat keskin tushib ketishidan ogohlantirmoqda.

O‘zgidrometeorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 27-29 yanvar kunlari O‘zbekiston hududida sovuq havo harorati me’yordan 7-12 darajagacha past bo‘lib, ob-havoning anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan BO‘RON OGOHLANTIRUVI e’lon qilingan”, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zgidrometeorologiya xizmati ham shu kunlarda O‘zbekiston hududiga shimoliy Qozog‘iston orqali g‘arbiy Sibirda hukm surayotgan sovuq havo massasi kirib kelishi haqida ma’lum qildi.

28-29 yanvar kunlari O‘zbekistonda harorat kechasi 11-14 darajagacha tushib ketadi. Kunduzi 2-5 darajagacha sovuq bo‘ladi. Shimolda harorat kechasi 20 darajagacha, kunduzi 10 darajagacha tushib ketishi kutilmoqda.

Aytish kerakki, kutilayotgan sovuq ob-havo sharoiti avtotransport, aloqa, energetika va kommunal xizmatlar tizimiga putur yetkazishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Diqqat! O‘zbekistonda BO‘RON OGOHLANTIRUVI e’lon qilindi