26-yanvar kuni Nyu-Yorkda (AQSh) O‘zbekiston va Nepal Federativ Demokratik Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekiston va Nepalning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakillari imzoladilar, deya xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Hujjatda qayd qilinishicha, «O‘zbekiston Respublikasi va Nepal, ikki davlat o‘rtasida o‘zaro tushunish, do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash niyatida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi tamoyillari va maqsadlari hamda xalqaro huquqqa rioya etgan holda, 1961 yil 18 apreldagi diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi va 1963 yil 24 apreldagi Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi bandlariga muvofiq diplomatik munosabatlar o‘rnatishga qaror qildi».
Nepal O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 134-davlat bo‘ldi.
Manba: Gazeta.uz
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi