Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi 3 dekabr kuni chaqiriladi

  • 20 noyabr 2015, 10:53
  • 6 269
  • O‘zbekiston
  • 2015 yil 19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi O‘zA.

    Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi 3 dekabr kuni chaqiriladi

    Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev olib bordi.

    Kengash Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisini shu yilning 3 dekabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

    Senat yalpi majlisining muhokamasiga aholi turmush darajasining yanada oshirilishini va uning ijtimoiy himoya qilinishi kuchaytirilishini, iqtisodiyotning yuqori hamda barqaror sur’atlarini, aholi bandligini ta’minlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Davlat byudjeti to‘g‘risidagi, shuningdek, 2016 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risidagi masalalarning kiritilishi rejalashtirilmoqda.

    Senat yalpi majlisining kun tartibiga mamlakat siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalarini bosqichma-bosqich isloh qilishga va erkinlashtirishga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga kiritilgan tuzatishlarni amalga oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining qator qonunlari kiritilmoqda.

    Shu bilan birga, navbatdagi yalpi majlisda senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotini muhokama qiladi.

    Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqiladi.

    Oliy Majlis Senati qo‘mitalarining va Devonining to‘rtinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan tegishli ishchi guruh tuzildi.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi 3 dekabr kuni chaqiriladi