Foto: Ministry of Industry & Commerce AFG
Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin 24 aprel kuni Kobulga tashrif buyurib, “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda “Tolibon” harakatining sanoat va savdo vazirligi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.
Manbada aytilishicha, Qozog‘iston delegatsiyasi Kobulga “ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish, Afg‘oniston—Qozog‘iston ko‘rgazmasi tashkil etish va ishbilarmonlik aloqalari bo‘yicha konferensiya o‘tkazish” uchun kelgan. Mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishga urg‘u berilgan.
Oldinroq Turkmaniston delegatsiyasi ham “Tolibon” bilan savdo va tranzitni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun Kobulga kelgani xabar qilingan edi. Tomonlar o‘rtasidagi uchrashuvlar oliy darajada tashkil etilgan.
Yaqin kunlarda Kobulda “Tolibon”, Turkmaniston va Qozog‘iston o‘rtasidagi mintaqaviy aloqa va savdo va tranzitini rivojlantirish bo‘yicha uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Turkmaniston va Qozog‘iston hukumatlari hali rasman “Tolibon” rejimini tan olmagan bo‘lsa-da, u bilan yaqin iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatishga xayrixohligini izhor qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida