O‘zbekistonda Ucell brendi ostida ishlayotgan Coscom MCHJ namanganlik fuqaroga ortiqcha olingan pullarni qaytardi. Bu haqda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Joriy yil yanvar oyida viloyatning Pop tumanida yashovchi fuqaro inspeksiyaning 1144 ishonch telefoniga murojaat qilib, operator mobil aloqasi uchun ortiqcha pul olganligidan shikoyat qildi.
Inspeksiya xodimlari kompaniya vakillari bilan birgalikda murojaatni o‘rgandi. Mijoz hisobidan chindan ham ortiqcha pul olingani aniqlandi va egasiga qaytarildi. Uning miqdori ma’lum qilinmadi.
Coscom kompaniyasiga kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi haqida ogohlantirish xati taqdim etildi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi