Kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamning quyidagi turlari mavjud:
- 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa;
- bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa;
- kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam.
Kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam miqdori va to‘lash muddatlari
a) 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa miqdori:
- bir nafar farzandi bo‘lsa – eng kam oylik ish haqining 50 foizi;
- ikki nafar farzandi bo‘lsa – eng kam oylik ish haqining 80 foizi;
- uch nafar va undan ortiq farzandi bo‘lgan oilaga – eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi.
b) bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida 12 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi, biroq bola ikki yoshga to‘lgan oydan keyingi oyga o‘tmasligi kerak.
v) kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam puli oilaning moddiy va mulkiy ahvoliga qarab, amaldagi eng kam oylik ish haqining 1,5 dan 3 baravarigacha miqdorda 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi