21:32 / 21.06.2018
6 812

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistondagi eng muhim vazirlikka aylantiriladi

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistondagi eng muhim vazirlikka aylantiriladi
Bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida xalq ta’limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishonch bildirgan xalq ta’limi yangi vaziri Sherzod Shermatov, uning o‘rinbosari vazifasini bajaruvchilar – Sarvar Boboxo‘jayev, Alisher Umarov, Otabek Nazirovlarga zarur barcha vakolatlar berilishi ma’lum qilindi.

Ta’lim tizimi – farzandlarimizning kamoli bilan bevosita bog‘liq ekanini hech kim inkor eta olmaydi. Axir bolalarimizning asosiy vaqti maktabda, ustozlaridan saboq olishga sarflanadi.

Ayni paytda maktablarda 6 million bola ta’lim olmoqda. Shuncha qorako‘zlar yurtimizning ertasi, istiqbol egalari. Ular har jihatdan bilimli, yetuk bo‘lsagina biz orzuimizdagi kelajakka ega bo‘lamiz.

Shuning uchun ta’lim tizimi infrastrukturasi zamon talablariga muvofiq tubdan o‘zgartiriladi, ta’bir joiz bo‘lsa, butunlay yangilanadi. Shu maqsadda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishonch bildirgan xalq ta’limi yangi vaziri Sherzod Shermatov, uning o‘rinbosari vazifasini bajaruvchilar — Sarvar Boboxo‘jayev, Alisher Umarov, Otabek Nazirovlarga zarur barcha vakolatlar beriladi. Mazkur vazirlik — eng muhim vazirlikka aylantiriladi. Tuzilmaga har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq ta’limi tizimini tubdan o‘zgartirish, uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish borasida qo‘yilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlab Bosh vazir A.Aripov rahbarligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida alohida ta’kidlandi.

Xalq ta’limi tizimiga malakali mutaxassislar jalb etiladi. Shu maqsadga qaratilgan Prezident qarori qabul qilinadi.

Tizimga ajratilayotgan mablag‘larning to‘g‘ridan-to‘g‘ri, manzilli yetib borishi yo‘lga qo‘yiladi. Tizimga taalluqli mablag‘lar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqsimlanadi. Sohada maqsadsiz mablag‘ sarflash bartaraf etiladi.

Ta’lim tizimini, xususan, Xalq ta’limi vazirligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash barcha rahbarlarning muhim vazifalaridan biriga aylanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistondagi eng muhim vazirlikka aylantiriladi