Oliy Majlis Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisida “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qonunga koʻra fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish boʻyicha faoliyat bilan endilikda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan bir qatorda xususiy bandlik agentliklari ham shugʻullanishi mumkin.
Qonunda ish qidirayotgan shaxslarni chet elda ishga joylashtirish boʻyicha xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga soluvchi normalar keltirilgan.
Xususan, xususiy bandlik agentliklari ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va ishga joylashish boʻyicha, ish beruvchilarga kadrlar tanlash boʻyicha, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlarini koʻrsatadi.
Bunda chet elda ish bilan taʼminlash boʻyicha faoliyat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Xususiy bandlik agentliklari xorijda ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun ellik ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasida zaxira qilib qoʻyadi.
Mazkur mablagʻlar litsenziya tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda qaytarib beriladi.
Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach yuridik kuchga ega boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi