11 noyabr kuni O‘zbekistonda kutiladigan ob-havo ma’lumoti

  • 10-11-2018, 16:28
  • 1 571
  • O‘zbekiston
  • 11 noyabr kuni O‘zbekistonda kutiladigan ob-havo ma’lumoti
    Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 11 noyabr kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 3-5, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi 3-8, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

    Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

    » » 11 noyabr kuni O‘zbekistonda kutiladigan ob-havo ma’lumoti