4 460
Cobiq SSSR hududida isteʼmol narxlari oʻsishi boʻyicha Oʻzbekiston birinchi oʻrinni egalladi
Oʻzbekiston va Ukraina sobiq SSSR hududida isteʼmol narxlari oʻsishi boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi. Uchinchi va toʻrtinchi oʻrinlarda Tojikiston hamda Belarus. Bu haqda Belarus ommaviy axborot vositalari statistik maʼlumotlar tahliliga asosan xabar bermoqda.
2018 yil yanvar-oktyabr oylarida sobiq SSSR hududida isteʼmol narxlari oʻsishi boʻyicha Oʻzbekiston (9,5%), Ukraina (7,4%) va Tojikiston (4,5%) “yetakchiga” aylandi. BelaPAN tomonidan oʻtkazilgan milliy statistika organlari maʼlumoti tahliliga koʻra, 10 oy yakunlari boʻyicha Belarusda narxlar 4,2%ga oshdi.
Pastroq inflyatsiya darajasi Estoniya (4,1%), Qozogʻiston (3,7%), Latviya (3,1%), Rossiya (2,9%), Litva (2,7%), Gruziya (0,4%) va Ozarboyjonda (0,2%) kuzatildi.
Armanistonda narxlar 0,7 foizga, Qirgʻizistonda 0,9 foizga pasaygan. Turkmaniston boʻyicha faqat yilning birinchi yarmi boʻyicha maʼlumotlar eʼlon qilindi (narxlarning oʻsishi 8,9%), Moldovada hech qanday oʻzgarish yoʻq.
Oktyabr oyida Belarusda narxlar 0,5%ga koʻtarildi. Xuddi shu koʻrsatkich Estoniyada ham qayd etilgan. Bu Ukraina (1,7%), Oʻzbekiston (1,3%), Latviya, Tojikiston (0,7%dan) va Litvadan (0,6%) keyin oltinchi oʻrin. Keyingi pogʻonalarda: Qozogʻiston, Moldova, Rossiya (0,4%dan), Gruziya, Qirgʻiziston (0,3%dan), Ozarboyjon (0,2%) va Armaniston (0,1%). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi