4 938
O‘zbekiston haydovchilik guvohnomasini berish huquqini IIVdan olib, xususiy biznes qo‘liga topshirmoqchi
Endilikda haydovchilarga guvohnoma va sertifikatlarni xususiy korxonalar berishi mumkin. Iqtisodiyot vazirligi guvohnoma berish vazifasini Ichki ishlar vazirligidan olib, xususiy sektorga berish haqida taklif kiritmoqda. Bu haqda muhokama portalidagi "Iqtisodiyotda davlat aralashuvini yanada cheklash" to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasida keltirilgan.
"Ayrim davlat organlari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun kerakli sharoitlar yaratishga qiziqmaydi. Davlatning iqtisodiyotda haddan tashqari ko‘p aralashuvi bozorda raqobatning susayishiga, monopoliyalar yuzaga kelishiga olib keladi. Monopoliyalar oldida xususiy tadbirkorlarning huquqlari ta’minlanmayapti. Bundan tashqari, xususiy tadbirkorlar bajara oladigan qator ishlarni ularning tasarrufiga berish bo‘yicha choralar ko‘rilmayapti", deya ta’kidlanadi qaror loyihasida.
Shu bois, davlatning iqtisodiyotdagi o‘rnini keskin kamaytirish va investitsion muhitni yaxshilash maqsadida, davlat organlarining bir qancha vazifalari, xususan, haydovchilik guvohnomasini berish huquqi ham ulardan olinib, xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga berilishi mumkin.
Hozir haydovchilik guvohnomasi YHXBning ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari tomonidan beriladi. Agarda bu vazifani xususiy tadbirkorlar bajaradigan bo‘lsa, Ichki ishlar vazirligi ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish orqali nazorat qiladi.
Avtomobillarni egasining propiskadan o‘tgan joyiga hisobga qo‘yish ham IIVdan olinib, xususiy tadbirkorlarga berilishi rejalangan. Bu holatda ham IIV ushbu xizmat turini ko‘rsatadigan tadbirkorlarni akkreditatsiya qilish bilan shug‘ullanadi.
Bundan tashqari, avtomobil yuk tashish xizmatini litsenziyalash, xalqaro yuk tashish faoliyatini olib boruvchi haydovchilar kvalifikatsiyasini oshirish, bunday faoliyat olib borishga ruxsat blankalarini berish kabi xizmat turlarini ham xususiy sektorga berish rejalangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi