5 322
O‘zbekistonda naqd xorijiy valyuta qachondan sotila boshlanishiga oydinlik kiritildi
Markaziy bank Kun.uz’ga naqd xorijiy valyutani banklarda sotib olishning iloji yo‘qligi bo‘yicha izoh berdi va bunday imkoniyat qachon paydo bo‘lishini ma’lum qildi.
Ma’lumki, joriy yilning 23 martida prezidentning «Bank xizmatlari ommabopligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatga binoan, jismoniy shaxslarga xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani mamlakat hududida naqd shaklda yechib olish huquqi berildi.
Shu bilan birga, o‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi ba’zan o‘z ehtiyojlari uchun 50-100 AQSh dollari sotib olmoqda va plastik karta ochishni mo‘ljallamayapti. Ular naqd valyuta olishda qiynalmoqda hamda «qora» bozordagi valyutafurushlarga murojaat qilishga majbur.
Markaziy bankdan ma’lum qilishlaricha, prezidentning «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini bajarish asosida, Markaziy bank tomonidan yangi tahrirdagi «Valyutani tartibga solish va valyuta nazorati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi hamda hukumatga taqdim etildi. U yuridik va jismoniy shaxslarning valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish bo‘yicha huquqlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Yuqorida qayd etilganlarni hisobga olib, naqd valyutani sotish masalasi «Valyutani tartibga solish va valyuta nazorati to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun qabul qilingandan keyin ko‘rib chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi