Chimkentda sabzavotlar, meva va go‘sht qimmatlashdi. Tadbirkorlar buni unumsiz mavsum, stabilizatsiya fondining oblastdagi yangi markazga ko‘chib o‘tishi va mahsulotning chet elga olib chiqib ketilishi bilan bog‘lashmoqda, deya xabar qiladi «Astana» telekanaliga tayanib Kun.uz.
Go‘sht narxining oshishi kutilmagan bo‘ldi. Bir necha hafta mobaynida mol go‘shti narxi bir kilogramm uchun 1400 tengedan 1600 tengega yetdi.
Sotuvchilarning o‘zi buni bozorga go‘sht yetkazib berish keskin kamayishi bilan bog‘lashyapti. Realizatorlarning bildirishicha, mahsulot katta qismi ko‘tara (ulgurji) savdo qiluvchilar tomonidan O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda.
«O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda. O‘zbekistonga juda ko‘p olib ketilyapti. U yerga olib borish foydali, deyishmoqda. Boshqa tomondan, yem-xashak qimmat. Hozir hech kim go‘sht olmayapti. Qimmat. Rostini aytganda, pensionerlarga og‘ir», - deydi tadbirkor Jamiddin Yo‘ldoshxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi