O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi namunalari tasdiqlandi.
Belgilanishicha, bayroq va emblemani tayyorlash, foydalanish va saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i tavsifiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bayrog‘i to‘q kulrang to‘g‘riburchakli matodir.
Bayroqning old va orqa tomonlari markazida geraldik belgi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi emblemasi tasvirlangan. Emblema diametri 98 santimetrli aylana ichiga chizilgan.
Bayroqning uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Bayroq boshqa o‘lchamlarda ham bo‘lishi mumkin, biroq barcha holatlarda bayroqning kengligi va uzunligi 1:2 nisbatda bo‘lishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining geraldik belgisi – emblemasi tavsifiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi geraldik belgisi – emblemasi chetlari bronza rangda hoshiyalangan halqali to‘q kumush aylana ko‘rinishiga ega. Ichki chiziq markazida hayotiy kuchni ifodalovchi qizil rangli yo‘l-yo‘l chiziq tushirilgan.
Halqali chiziqning tepa qismida bronza rangli to‘g‘ri bosma harflarda lotin alifbosida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI”, pastki qismida “ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI” so‘zlari yozilgan. Yozuvlar qat’iyat, matonat va shon-sharafni ifodalovchi ikkita sakkiz qirrali yulduz bilan bir-biridan ajratilgan.
Aylana o‘rtasida Amir Temur qo‘shinlari tomonidan foydalanilgan hamda ichki va tashqi tahdidlardan himoyani ifodalovchi doirasimon qalqon tasvirlangan. Qalqon markazida doira ichiga chizilgan o‘ngga aylanishni aks ettiruvchi oktogramma bo‘lib, u tartib, muvozanat va kamolotga yetishishni anglatadi. Qalqon chetlari milliy ornament bilan bezatilgan.
Qalqon ortida – tig‘i pastga qaratilgan va diagonal tarzda kesishgan ikki shamshir – kuch va himoyaning qadimiy ramzi joylashgan. Shamshirlarning dastasi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari – qonuniylik, yagonalik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda hurmat qilish, ochiqlik va shaffoflikni ifodalovchi to‘rtta hoshiyadan iborat.
Qalqon hoshiyasi grafit kulrang, shamshirlar kumushrangda.
Qalqon va shamshirlar ortida tilla rangda ishlangan, qanotlari yoyilgan, omad va baxt ramzi bo‘lgan Xumo qushi tasvirlangan. Bunday joylashuv mamlakatda tinchlik va osoyishtalik himoyalanganligini, ichki ishlar organlari xalq manfaatlariga xizmat qilishini ifodalaydi.
Geraldik belgi bir rangli (siluet) tasvirda bajarilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi