O‘zbekistonda yana bitta bank ochilmoqda

  • 05 yanvar 2019, 13:04
  • 2 344
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekistonda yana bitta bank ochilmoqda
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi 2018 yil 29 dekabrda “Poytaxt bank” aksiyadorlik jamiyatiga (Toshkent shahri) bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

    Bunday nomdagi bank paydo bo‘lishi haqida 2017 yilda xabarlar tarqalgandi. O‘shanda bu aksiyadorlik tijorat uy-joy-qurilish jamg‘arma banki bo‘lishi haqida ma’lumot berilgandi.

    «Poytaxt bank» faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
    - aholi va yuridik shaxslarning uy-joyga bo‘lgan talablarini qondirish borasida ularga ipoteka krediti berish va bank xizmatini ko‘rsatish;
    - arzon ko‘p kvartirali uylarni quruvchi pudrat tashkilotlariga kredit resurslarini taqdim etish;
    - arzon ko‘p kvartirali uylarni loyihalashtirish va qurish borasida buyurtmachi vazifasini bajarish;
    - Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uylarni qurish va ta’mirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan pudrat tashkilotlarini kreditlash va lizing xizmatlari ko‘rsatish;
    - xorijiy investitsiyalar, shu jumladan, zaymlar hamda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurishni moliyalashtirish uchun xalqaro moliyaviy institutlarning texnik ko‘magini jalb etish;
    - investitsiya faoliyatini, jumladan muhandislik infratuzilmasini sifat jihatdan yaxshilashni nazarda tutuvchi ishlanmalar va loyihalarni moliyalashtirishni amalga oshirish;
    - zamonaviy, tejamli, energiya tejovchi va talab etilgan qurilish materiallari va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni kreditlash;
    - universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga boshqa bank xizmatlarini ko‘rsatish.

    «Poytaxt bank»ning ustav kapitali boshlang‘ich hissa tariqasida Toshkent mahalliy byudjetidan 3 mlrd so‘m jalb qilish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan xorijiy investorlarning mablag‘larini jalb etishni inobatga olgan holda kamida 10 mln yevro ekvivalentida shakllantirilishi mumkin.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda yana bitta bank ochilmoqda